MARGN RU Kirish 7 kun bepul
Instrumentlar
BozorDo'konKengaytmaNarxlarBlog
MARGN/Logistika kalkulyatori
Bepul vosita

Uzum logistika va saqlash kalkulyatori

Qadoq o'lchamini kiriting — har bir sotuvdan qancha logistika ushlanishini va qoldiq omborda qancha saqlash puli yeyishini ko'ring. Uzumning 2026-yil 1-iyundan amaldagi tariflari bo'yicha.

Qadoq o'lchami (sm)

Hisob taxminiy: Uzum aylanmani oxirgi 15 kundagi o'rtacha qoldiq va sotuv bo'yicha hisoblaydi. Yangi SKU lar dastlab 30 kun (kiyim, poyabzal, aksessuarlar va ayrim FMCG — 60 kun) bepul saqlanadi.

Hajm
Logistika har bir sotuvdan
Aylanma
Saqlash 1 dona uchun kuniga
Butun qoldiq uchun kuniga
30 kunda
Komissiya, reklama va soliq bilan to'liq foydani hisoblash uchun — foyda kalkulyatori →

Qanday hisoblanadi

1HajmUzunlik × kenglik × balandlik (sm) ÷ 1 000 = litr, butun songacha yuqoriga yaxlitlanadi.
2Logistika1 litrgacha 5 250 so'm, har qo'shimcha litr +250 so'm, maksimal 50 000 so'm. O'lcham kiritilmagan tovar — 50 000 so'm.
3AylanmaO'rtacha qoldiq ÷ o'rtacha kunlik sotuv. 60 kungacha saqlash bepul.
4SaqlashLitr uchun kuniga: 61–180 kun — 12, 181–360 kun — 18 (maxsus 14), 361+ — 24 (maxsus 18) so'm. Bir dona uchun kunlik chegara 5 000 (maxsus 3 000) so'm.

Manba: Uzum sotuvchilar qo'llanmasi

Savollar va javoblar

Uzum logistika to'lovi qanday hisoblanadi?
2026-yil 1-iyundan logistika tovar hajmiga bog'liq: 1 litrgacha 5 250 so'm, har bir qo'shimcha litr uchun 250 so'm, eng ko'pi 50 000 so'm. To'lov faqat sotilgan tovardan ushlanadi va qaytarishda qaytariladi.
Uzum omborida saqlash qachon pullik bo'ladi?
Aylanma 60 kundan oshganda. Aylanma = oxirgi 15 kundagi o'rtacha qoldiq ÷ o'rtacha kunlik sotuv. 15 kun davomida sotuv bo'lmasa, SKU eng qimmat guruhga (361+ kun) tushadi.
Logistika xarajatini qanday kamaytirish mumkin?
Qadoqni tovar o'lchamiga moslang va kartochkada o'lchamlarni to'g'ri kiriting. 9 litrlik qutini 3 litrlikka almashtirish har sotuvda 1 500 so'm tejaydi. O'lchamni kamaytirib ko'rsatmang — 30% dan ortiq farq SKU blokiga olib keladi.
Kalkulyator natijasi aniqmi?
Bu Uzum qo'llanmasidagi tariflar bo'yicha taxminiy hisob. Haqiqiy ushlanmalarni Uzum hisobotlarida yoki MARGN do'kon kabinetida har bir SKU bo'yicha ko'rasiz. Tariflar o'zgarishi mumkin.

Mavzu bo'yicha o'qing