Uzum omboriga postavka: qadoq, yorliq va jarimalar
Qabulda topilgan har bir muammoli dona uchun Uzum 2 500 so'm ushlaydi. Bir postavkada o'nlab xato bo'lsa — o'n minglab so'm, hamda sotuvga kechikish. Quyida tekshiruv ro'yxati.
Qadoqlash
- har bir dona alohida, yopiq va shikastlanmagan qadoqda;
- shtrix-kod yoki QR qadoqni ochmasdan o'qilishi kerak; elektronikada seriya raqami yoki IMEI ko'rinadi;
- quti hajmining kamida ⅔ qismi to'lgan, bo'shliqlar to'ldirgich bilan yopilgan, suyuqliklar tik turadi;
- ikki qismli tovarda har bir qismga «2 qismli mahsulot / Товар из 2 частей» sariq stikeri, shtrix-kod esa faqat qimmatroq qismda.
Yorliqlar
- zavod EAN-13 kodi o'qilsa — uni ishlating; bo'lmasa kabinetdan yorliq chop eting;
- Uzum yorlig'i zavod kodini to'liq yopishi kerak, aks holda skaner noto'g'ri ma'lumot o'qiydi;
- kiyimda ikkita kod: qadoqda va kiyim yorlig'ida;
- tavsiya etilgan o'lcham 58×40 yoki 58×60 mm, minimal 40×30 mm; kod 10–30 sm dan birinchi urinishda o'qilishi kerak;
- termoyorliq ustidan skotch yopishtirmang — u bir necha soatda o'chib ketadi.
Postavka yaratish
- bitta postavka = bitta quti yoki pallet, ko'pi bilan 100 SKU; turli o'lcham guruhlari alohida;
- tannarxni kiriting — keyin o'zgartirib bo'lmaydi;
- taym-slot tanlang, uni 3 martagacha o'zgartirish mumkin; tasdiqlangan slotsiz postavka qabul qilinmaydi;
- jarimasiz bekor qilish — slotdan kamida 48 soat oldin;
- jo'natish dalolatnomasini 2 nusxada chop eting: biri quti ichida, biri ustida.
Sergeli tumanidagi FFC ombori kichik, o'rta va katta tovarlarni har kuni 06:00 dan 00:00 gacha qabul qiladi. Omborda qadoqlash yoki yorliq yopishtirish mumkin emas.
Qabul va nomuvofiqlik
Qabul to'liq videoga olinadi. Miqdor mos kelmasa, kabinetda nomuvofiqlik dalolatnomasi paydo bo'ladi. Turlari: SKU almashinuvi, shikastlangan shtrix-kod, nuqson, majburiy markirovka (IMEI / Asl belgisi) yo'qligi, ortiqcha yoki kamomad. Nizolar 30 kun ichida partners@uzum.com ga yuboriladi.
Yo'qolgan yoki shikastlangan tovar
Agar tovar Uzum omborida yo'qolsa yoki buzilsa, kompensatsiya talab qilishingiz mumkin:
- yozma da'vo 60 kun ichida ko'rib chiqiladi (bir marta 10 kungacha uzaytirilishi mumkin);
- kompensatsiya = tovarning haqiqiy qiymati − marketpleys komissiyasi;
- minimal da'vo summasi — 500 000 so'm.
Kichik yo'qotishlar tezda yig'ilib qoladi, shuning uchun ularni muntazam tekshirish kerak. MARGN yo'qolgan tovarlarni topadi va kompensatsiya uchun ariza tayyorlab beradi — Yo'qolgan tovarlar.
Manba: Uzum qo'llanmasi, «Tovarlarni omborga tayyorlash va yuborish».