Uzumda qaytarishlar va sharhlar: sotuvchi nimalarni bilishi kerak
Qaytarishlar va sharhlar kartochka reytingiga ham, foydaga ham to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladi. Ularni boshqarish qoidalarini bilsangiz, ko'p yo'qotishning oldini olish mumkin.
Qaytarishlar
- Sifatli tovarni xaridor 10 kun ichida qaytarishi mumkin — tovar ko'rinishi va xususiyatlari saqlangan bo'lsa.
- Sifat bo'yicha da'volar kafolat muddatida, kafolat belgilanmagan bo'lsa — 6 oy ichida qabul qilinadi.
- Nuqsonli tovarni ombordan 30 kun ichida olib keting — aks holda bu utilizatsiyaga rozilik hisoblanadi.
- 2025-yil 14-iyuldan keyingi nakladnoylar bo'yicha qaytarishlar 10 kun bepul saqlanadi, keyin pullik.
- Sotuvchi so'rovi bo'yicha utilizatsiya: kichik tovar 4 000, o'rta 8 000, katta 40 000 so'm (bir dona uchun).
- Texnik murakkab tovarda diagnostikani sotuvchi o'z hisobidan o'tkazadi.
Ko'p qaytarishlar kartochka reytingini tushirishi mumkin. Qaytarish sababini kuzating: o'lcham jadvali, rasm va tavsifdagi noaniqlik — eng ko'p uchraydigan sabablar.
Sharhlar
- Sharhlar moderatsiyadan keyin chiqadi; haqoratli, takroriy va reklama sharhlari rad etiladi.
- Salbiy sharhni faqat xaridor roziligi bilan (yozishma skrinshoti) bloklash mumkin va faqat chiqqanidan keyin 14 kun ichida.
- «Qalbaki» degan sharh haqiqiylikni tasdiqlovchi hujjatlar berilsa, 3 ish kunigacha ko'rib chiqiladi va olib tashlanadi.
- O'z tovaringizga yoki bog'liq shaxslar orqali sharh yozish taqiqlangan — sanksiyalar qo'llanadi.
- Yaxshi sharhni mahkamlash — 1 000 so'm kuniga bitta tovar uchun.
Xaridor bilan chat
Uzum ma'lumotlariga ko'ra, birinchi 3 daqiqada javob berish xaridga konversiyani 80% gacha beradi. Iste'molchilar huquqlari qonuniga ko'ra, sotuvchi ma'lumotni 3 kundan kechiktirmay berishi kerak — chatni sotuvdan oldin ham, keyin ham kuzating. Ommaviy xabar va spam taqiqlangan.
Foydaga ta'siri
Qaytarish tushumni kamaytiradi, ba'zan qo'shimcha xarajat beradi — uni sof foyda hisobida alohida qator sifatida ko'ring. MARGN do'kon kabinetida Sharhlar AI tez orada qo'shiladi.