Qaysi tovar sotilyapti, qaysi nisha o'syapti va raqobatchi qancha topyapti — taxmin bilan emas, raqamlar bilan. MARGN butun Uzum bozorini va sizning do'koningizni bitta platformada ko'rsatadi.
Uzum analitika — marketplace'dagi sotuv, narx, qoldiq va raqobat haqidagi ma'lumotlarni yig'ib, qaror qabul qilishga tayyor ko'rinishga keltirish. Bitta qidiruvda minglab do'kon raqobatlashadi: qaysi tovar sotilayotganini, qaysi nisha o'sayotganini va raqobatchi qancha topayotganini kartochkalarni birma-bir ochib bilib bo'lmaydi.
Analitika ikki tomondan qaraydi. Bozor tahlili tashqariga: butun Uzumda nima va qancha sotilyapti. Do'kon analitikasi ichkariga: sizning sotuvingiz, xarajatlaringiz va sof foydangiz. Birinchisi nimani sotishni, ikkinchisi qanday qilib foydada sotishni ko'rsatadi. MARGN'da ikkalasi bitta obunada.
Butun katalog 23 toifa va 13 000+ kategoriyaga bo'lingan xaritada. Blok qancha katta bo'lsa, kategoriyada shuncha ko'p pul aylanadi; rang esa o'tgan davrga nisbatan o'sishni ko'rsatadi.

Kartochkalar daromad bo'yicha tartiblangan — eng kuchli tovarlar tepada. Istalgan kartochkani ochsangiz, har bir SKU bo'yicha kunlik narx, qoldiq va sotuvni ko'rasiz: chegirma qachon ishlagani va raqobatchi qachon tovarsiz qolgani ham ko'rinadi.

Uzumdagi faol do'konlar bitta reytingda: tushum, o'sish, bozor ulushi va kunlik sotuv. Bitta kompaniyaga tegishli bir nechta do'kon bitta qatorga birlashtiriladi — bozorni haqiqatda kim boshqarayotganini ko'rasiz.

Har bir qidiruv so'rovi bo'yicha TOP-100 kartochka tushumi, kartochkalar soni va kirish qiyinligi. «Imkoniyat» bitta kartochkaga qancha pul to'g'ri kelishini ko'rsatadi: qiymat katta bo'lsa — talab bor, raqobat esa hali to'lmagan.

Bozor tahlilidagi sotuv va tushum Uzum ochiq katalogidagi buyurtmalar va qoldiq o'zgarishiga asoslangan baho. Butun katalog kuniga 3 marta qayta hisoblanadi.
Bu raqobatchining buxgalteriyasi emas: uning tannarxi, reklama xarajati va boshqa ushlanmalari ko'rinmaydi. Shuning uchun bozor raqamlarini taqqoslash, tendensiya va nisha hajmini baholash uchun ishlating. O'z do'koningiz raqamlari esa to'g'ridan-to'g'ri Uzum hisobingizdan keladi.
Bozorda nima sotilayotganini bilish yarim ish. Ikkinchi yarmi — o'z do'koningizda har bir buyurtmadan qancha qolayotganini bilish. Do'kon analitikasi komissiya, logistika, reklama va tannarxni ayirib, har bir SKU bo'yicha sof foydani, qoldiq qancha kunga yetishini va qaysi reklama o'zini oqlayotganini ko'rsatadi.

Starter — oyiga 490 000 so'm, Pro — 690 000 so'm. Bozor tahlili, do'kon kabineti va Chrome kengaytmasi har bir tarifda.
7 kun to'liq kirish. Karta talab qilinmaydi.